
Foto: Reuters
G20 yakuniy bayonotida ochiqchasiga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi «maxsus harbiy operatsiya» emas, balki urush deb atalgan.
G20 davlatlari 16 noyabr, chorshanba kuni Balidagi sammitda qabul qilingan qo‘shma bayonotda Rossiyaning Ukrainadagi urushini keskin tanqid qildi. «A’zolarning aksariyati Ukrainadagi urushni keskin qoraladi va bu urush insoniyatga cheksiz azob-uqubatlarni keltirib chiqarayotganini, jahon iqtisodiyotidagi mavjud zaifliklarni kuchaytirayotganini ta’kidladi», — deyiladi hujjatda.
Matnda ta’kidlanishicha, bu urush global iqtisodiy o‘sishni cheklaydi, inflyatsiyani kuchaytiradi, ta’minot zanjirlarini buzadi, energiya va oziq-ovqat xavfsizligini kuchaytiradi, moliyaviy barqarorlik uchun xavflarni oshiradi.
Shu bilan birga, Rossiyaga nisbatan hujjatda sammit yig‘ilishi ishtirokchilari orasida «vaziyat va sanksiyalar haqida turlicha fikrlar va baholar bo‘lganligi» qayd etilgan. «Biz G20 xavfsizlik masalalarini hal qilish forumi emasligini tan olamiz, ammo xavfsizlik masalalari jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin», - deydi G20 a’zolari. Hujjatda Ukrainadagi urush to‘g‘ridan to‘g‘ri tilga olinmagan holda: «Yadro qurolidan foydalanish yoki undan foydalanish tahdidi qabul qilinishi mumkin emas», deb ta’kidlanadi.
Sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan yirik mamlakatlar rahbarlari nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, inqirozni bartaraf etish harakatlari, diplomatiya va muloqot zarurligini ta’kidlamoqda.
Indoneziyaning Bali orolidagi G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rniga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar