Peruda kokain olib ketayotgan samolyot urib tushirildi

Peruda kokain olib ketayotgan samolyot urib tushirildi
Peruda kokain olib ketayotgan samolyot urib tushirildi

Peru polisiya Boliviyadan mamlakat hududiga kirib kelgan yengil motorli samolyotni urib tushirgan. The Daily Mail xabarida aytilishicha bunga samolyotga kokain ortilgani sabab bo‘lgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Samolyot erga qulagach voqea joyiga huquq-tartibor organlari xodimlari etib borishgan. Samolyotning 58 yoshli uchuvchisi qo‘lga olingan, u jarohatlangani bois qo‘riqchilar bilan shifoxonaga olib borilgan.

Uning sherigi bo‘lgani taxmin qilingan kolumbiyalik jinoyatchi esa qochib ketishga ulgurgan. Bu jinoyatchi polisiyachilar bilan otishma qilib chekinish davomida 200 kilogramm miqdoridagi narkotik moddalarni yashirishga ulgurgan.

Samolyot bortida 70 kilogramm miqdoridagi kokain aniqlangan.
[media=https://youtu.be/d9SylIoA8PY]
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar