23:06 / 17.11.2022
1 350

Qozog‘istonda prezidentlik saylovlarida tartibsizlik uyushtirmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi

Qozog‘istonda prezidentlik saylovlarida tartibsizlik uyushtirmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi
Foto: Kazinform
Qozog‘iston maxsus xizmati 20 noyabr prezidentlik saylovlari kunida ommaviy tartibsizliklarni rejalashtirish va uyushtirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga oldi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, maxsus operatsiya natijasida 7 kishi qo‘lga olingan.

«Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-moddasi 2-qismi va 272-moddasi 1-qismi bilan tergov harakatlari boshlandi. Ashyoviy dalillar hibsga olinganlarning yashash joylaridan olib qo‘yildi. Guruhdagi har bir kishining o‘rni aniq belgilab qo‘yilgan, maxfiylik choralariga rioya qilgan holda jinoiy rejalar yig‘ilishlarda muhokama qilinib kelgan» deydi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi.

Ta’kidlanishicha, guruh a’zolari jismonan yo‘q qilish uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga «Molotov kokteyli» uloqtirishni rejalashtirgan.

«Ular jinoyat sodir etish uchun Kalashnikov avtomati, Merkel miltig‘i, ikkita silliq o‘qli miltiq, o‘q-dorilar, 'Molotov kokteyllari' uchun suyuqlik butilkalari, benzin qutilarini saqlab kelgan» qo‘shimcha qilindi qo‘mita bayonotida.

Gumonlanuvchilar ushlanib, vaqtinchalik saqlash izolatoriga joylashtirildi. Qozog‘iston Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq boshqa ma’lumotlar oshkor etilishi taqiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni Qozog‘istonda muddatidan oldin prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Prezidentlikka olti nafar nomzod, jumladan, ikki nafar ayol da’vogarlik qilmoqda. Ekspertlar ovoz berish natijasida Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘z lavozimini saqlab qolishiga ishonch bildirmoqda. Saylov tartibi xavfsizligini davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organlari ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo