08:50 / 18.11.2022
1 801

Lukashenko belaruslik jurnalistlarga bir qopdan kartoshka sovg‘a qildi

Lukashenko belaruslik jurnalistlarga bir qopdan kartoshka sovg‘a qildi
Foto: «TASS»
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko prezident matbuot xizmatidagi jurnalistlarning har biriga bir qopdan kartoshka sovg‘a qildi. Bu haqda mahalliy jurnalist xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari odatda to‘y uchun bir qop kartoshka sovg‘a qiladi. Jurnalistlarga nima uchun bunday hadya berilgani sababi esa ma’lum emas.

«Bugun barcha jurnalistlar, prezident matbuoti xizmatidagilar hamda OAV rahbarlariga bir qopdan kartoshka berildi. Bilishimcha, bu prezidentning shaxsiy buyrug‘i bo‘lgan», — deydi jurnalist.

Foto: Telegram/@glav_tur
Belarus prezidenti avvalroq tarvuz va kartoshkaga ishtiyoqi balandligini aytib, tajriba maqsadida ularni yetishtirayotganini aytgandi. Bundan tashqari. 2018 yilda Lukashenko Putinga Yangi yil arafasida to‘rt qop kartoshka sovg‘a qilgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo