1 618
AQSH terma jamoasi emblemasi «kamalak rangi»ga bo‘yaldi. Bugungi «Lut qavmi» o‘ziga hurmat istayapti

AQSHning erkaklar milliy futbol jamoasi o‘zining “bag‘rikengligi, hurmati, turli xilligi”ni g‘urur bilan namoyish etadi. Qanday qilib deysizmi? Ular bilan hech qanday aloqasi yo‘q musulmon davlatiga gey qadriyatlarini majburan singdirish orqali, albatta.
Jamoa shunchalikka bordiki, hatto Jahon chempionati oldidan «LGBT hamjamiyatini» qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatish uchun o‘zlarining mashg‘ulotlar markazi va media markazida ishlatiladigan oddiy bir xil rangli qizil chiziqlari bo‘lgan gerbni o‘rniga yettita rangli yangisiga almashtirdi.

Yaqinda Daily Mail nashri chop etgan maqolada shunday deyiladi:
«AQSH futbol terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida LGBT hamjamiyati bilan birdamligini ko‘rsatish maqsadida o‘zlarining gerbini o‘zgartirib, kamalak ranglarini qo‘shish orqali katta bayonot berdi».
USMNT aloqa direktori Nil Buete shu nashrga bergan intervyusida:
«Bizning kamalak nishonimiz Amerika futbolining o‘ziga xosligida muhim va izchil rol o‘ynaydi.
Har qanday o‘yin yoki tadbirga yondashuvimizning bir qismi sifatida biz LGBT hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda butun dunyo bo‘ylab barcha muxlislar uchun inklyuzivlik va mehmondo‘stlik ruhini targ‘ib qilish uchun kamalak brendingini qo‘shamiz», degan.
Sizni mezbonlik qilayotgan musulmon davlati bilan «birdamlik» ko‘rsatishga nima deysiz? Bu g‘oyalar mamnuniyat bilan qabul qilinmagan va qat’iyan rad etilgan mamlakatda, ularning dini, e’tiqodi, madaniyati, urf-odatlari, qonunlari, xohish-istaklari va hokazolarga bo‘lgan muhabbat, hurmat va bag‘rikenglik qani? Sizning muhabbatingiz, hurmatingiz va bag‘rikengligingiz faqat LGBT toifasi uchunmi?
Bu odamlar o‘zlarini eng bag‘rikeng, hurmatli va inklyuziv deb da’vo qilishadi, lekin haqiqat shundaki, ular o‘z e’tiqodlari va ideallariga zid keladigan har qanday narsaga toqat qilishni rad etishadi. Ular yer yuzidagi eng katta fanatiklardir.
Agar siz o‘z e’tiqodlaringiz, madaniyatingiz, qonunlaringiz va hokazolardan voz kechmasangiz, ular hatto yelkangizga nishon qo‘yib, mamlakatingizga bostirib kirishadi yoki barchangizni ochlikdan o‘ldirish uchun sanksiyalar qo‘yishadi.
Bularning barchasi Qatar haqiqatan ham hammani, shu jumladan LGBT hamjamiyatiga ham, agar ular mamlakat qonunlariga rioya qilishsa “xush kelibsiz” deb aytishga qadar borganiga qaramay yuz berdi. Ammo bugungi Lut qavmi uchun bu shunchaki yetarli emas, chunki ular nafaqat qabul qilinishni, balki o‘zlarining «o‘zligi» uchun maqtov va hurmatni ham talab qiladi.
Umid qilamizki, AQSH jamoasi o‘zlarining yangi kamalak brendi bilan bog‘liq noroziliklarga duch kelishadi. Yaxshi xabar shundaki, ular o‘yinlar davomida o‘zlarining «maxsus» kamalak rangli gerblarini ko‘rsatmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar