
2022 yilning sentyabr va oktabr oylarida Rossiyadagi erkaklar axloq tuzatish koloniyalaridagi mahbuslar soni 23 ming kishiga kamaygan. Bu haqda Federal Jazoni ijro etish xizmati statistikasiga tayanib Mediazona xabar bermoqda.
Joriy yilning avgust oyi boshida axloq tuzatish koloniyalarida 349 ming kishi saqlanayotgan bo‘lsa, sentyabrga kelib ular mingtaga kamaygan, bu uzoq muddatli mahbuslar sonining qisqarish tendensiyasiga to‘g‘ri keladi. Biroq, oktabr va noyabr oylarining boshlarida keskin pasayish kuzatilgan: mos ravishda 338 va 325 ming mahbus.

Gazetaning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan eng ommaviy amnitsiya paytida ham, koronavirus davrida ham sudlar tomonidan mahbuslarni ozod qilish haqida bunday keng qamrovli hukm chiqarish kuzatilmagan.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, mahbuslar sonining keskin qisqarishi ularning «CHVK» Vagner ga Ukrainadagi urushda qatnashish uchun yollanishi fonida sodir bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar