
Foto: Sky News
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Kievda prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Ukrainaga mudofaa uchun 50 mln funt sterling ajratilishini ma'lum qildi. Bu Sunakning Ukraina poytaxtiga bosh vazir sifatidagi ilk tashrifi boʻldi. Yordam paketi rossiyaliklarning havo hujumlariga qarshi turish uchun koʻzda tutilgan.
Harbiy yordam Ukraina shaharlariga hujum qilayotgan Eron dronlariga qarshi kurashish uchun 125 ta zenit qurilmalari va texnologiyalarini, jumladan oʻnlab radarlar va dronlarga qarshi turish uchun radioelektron kurash vositalarini oʻz ichiga oladi.
«Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qoʻshinini jang maydonida chekintirayotgan mahalda tinch aholi vakillari havodan shafqatsizlarcha qilinayotgan hujumlarga duchor boʻlmoqda. Bugun biz yangi havo hujumidan mudofaa vositalari, jumladan zenit qurollar, radarlar va dronlarga qarshi turish uchun qurilmalar taqdim etamiz, shuningdek sovuq va qahraton qish oldidan gumanitar yordam hajmini oshiramiz», degan britanlar bosh vaziri.

Rishi Sunak Buyuk Britaniya ukrain harbiylarini oʻqitish dasturi kengaytirilishini ham e'lon qildi
UKRAINIAN PRESIDENT'S OFFICE
Rishi Sunak Buyuk Britaniya ushbu mamlakatga ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatishni uchun tajribali armiya shifokorlari va muhandislarni yuborish orqali ukrain harbiylarini oʻqitish dasturini kengaytirishini ma'lum qildi.
Avvalroq noyabr oyi boshida Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Ukrainaga mingdan ortiq yangi zenit raketalari yuborilishini ma'lum qilgandi.
Bosh vazir oʻz tashrifi chogʻida ukrainlar tomonidan qoʻlga kiritilgan, soʻnggi oylarda rossiyaliklar jang maydonida qoʻllab kelgan Eron dronlarini koʻzdan kechirdi.

Rishi Sunak oʻz vatanini himoya qilish uchun janglarda halok boʻlgan ukrainlarni xotirladi. Foto: REUTERS
Sunak shuningdek urushda halok boʻlganlar xotirasiga gul qoʻydi va 1930-yillardagi Golodomor qurbonlari yodgorligi poyiga sham yoqdi, soʻngra oʻt oʻchiruvchilar qismida qutqaruvchilar bilan uchrashdi.
«Men Birlashgan Qirollikning avvalboshdan Ukrainani qoʻllab-quvvatlaganidan faxrlanaman. Men bugun Buyuk Britaniya va ittifoqchilarimiz Ukrainani qoʻllashda davom etishini aytish uchun shu yerdaman. Chunki Ukraina bu vahshiyona urushni toʻxtatish va adolatli dunyo uchun kurashmoqda», — dedi britaniyalik bosh vazir.
Ukraina rasmiy shaxslariga koʻra, Rishi Sunakning Kievga havo hujumidan mudofaa vositalari bilan yordam koʻrsatish va'dasi - prezident Zelenskiy undan eshitishni istagan gap edi, chunki rossiyaliklarning aviazarbalari mamlakat energetika infratuzilmasining qariyb 50 foizini yakson etgan.
«Urushning ilk kunidan buyon Buyuk Britaniya va Ukraina yaqin ittifoqchilik munosabatlarini saqlab kelmoqda. Bugun Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan uchrashuvda mamlakatlarimiz uchun ham, global xavfsizlik uchun ham eng muhim masalalarni, Ukraina va Evropaning energiya xavfsizligini himoya qilish variantlarini muhokama qildik. Biz Ukraina osmonini himoya qilish va mudofaa sohasidagi hamkorligimiz haqida ham gaplashdik. Shuningdek, biz diplomatik vaziyat va tinchlik yoʻlida birgalikdagi xalqaro sa'y-harakatlarni batafsil koʻrib chiqdik. Biz birgalikda kuchliroqmiz va kerakli natijalarga erisha olamiz», — deb yozdi Zelenskiy feysbukdagi sahifasida.

Zelenskiy Sunakni Kievdagi maydonga oʻrnatilgan rossiyaliklar zirhli texnikalarini tomosha qilishga taklif etdi. Foto: EPA

PA MEDIA
Buyuk Britaniya Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berish boʻyicha Qoʻshma Shtatlardan keyin ikkinchi davlatdir.
Rishi Sunakning tvitterdagi sahifasida ukrain prezidenti bilan uchrashuv videosi joylashtirildi, unda ingliz va ukrain tillarida quyidagi soʻzlar yozilgan: «Buyuk Britaniya ozodlik uchun kurashish nimani anglatishini biladi. Biz oxirigacha siz bilanmiz!»
Britain knows what it means to fight for freedom.
— Rishi Sunak (@RishiSunak) November 19, 2022
We are with you all the way @ZelenskyyUa ????
Britanіya znaє, shcho oznachaє borotisya za svobodu.
Mi z vami do kіntsya @ZelenskyyUa ???? pic.twitter.com/HsL8s4Ibqa
Rishi Sunak 25 oktyabr kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri boʻldi. Bu lavozimga oʻz nomzodini ilgari surar ekan, u bor e'tiborini Buyuk Britaniyaning ichki muammolarini hal qilishga qaratishini aytgandi. Shu bilan birga, u muntazam ravishda Ukrainani qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.
Jamoatlar palatasi ma'lumotlariga koʻra, ayni vaqtgacha Buyuk Britaniya Ukrainaga 2,3 mlrd funt sterling atrofidagi harbiy yordam yetkazib bergan va bu miqdorni 2023 yilgacha oshirishni va'da qilgan.
Buyuk Britaniya ittifoqchilar koʻmagida ukrain harbiylarini tayyorlash dasturini ham amalga oshirmoqda. 120 kun ichida Ukrainaning 10 mingdan ortiq harbiy xizmatchisini tayyorlash koʻzda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar