18:00 / 22.11.2022
1 311

Zaporijjya rasmiylari: Rossiya gumanitar yordam tarqatiladigan punktga hujum qildi

Zaporijjya rasmiylari: Rossiya gumanitar yordam tarqatiladigan punktga hujum qildi
Foto: AP
Rossiyaliklar Zaporijjya viloyatining Orexov shahrida gumanitar yordam yetkazib berish nuqtasini o‘qqa tutdi. Bu haqda Zaporijjya harbiy ma’muriyati raisi Aleksandr Starux Telegram'da ma’lum qildi.

«Maktab binosidagi gumanitar yordam berish nuqtasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berish natijasida bir ijtimoiy xodim halok bo‘ldi, yana ikki ayol yaralandi», deb yozadi u.

Navbatlar yuzaga kelmagani va yaqin atrofda jihozlangan boshpanalarda yordam berish ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani tufayli bundan ham ko‘proq qurbonlar bo‘lishining oldi olindi, deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan oldin Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) hududida 19 noyabr kuni kechqurun va 20 noyabr kuni ertalab portlashlar eshitilgandi, natijada ZAES hududida ba’zi binolar, tizimlar va uskunalar shikastlangan. Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) ma’lum qildi.

Kuzatuvchilari stansiyada bo‘lgan AEXAga ko‘ra, yetkazilgan zarar yadro xavfsizligi uchun jiddiy emas. «Kecha va bugun ertalab bizning jamoamizdan kelgan xabar juda xavotirli. Yirik atom elektr stansiyasi joylashgan hududda portlashlar sodir bo‘ldi, bu mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Buning ortida kim turgan bo‘lsa, darhol to‘xtashi kerak. Ko‘p marta aytganimdek, sizlar olov bilan o‘ynayapsizlar», — dedi AEXA bosh direktori Rafael Grossi.

Agentlikning Zaporijjya AESdagi mutaxassislari shtabga xabar berishicha, 20 noyabr kuni ertalab qisqa vaqt ichida o‘ndan ortiq portlash ovozlari eshitilgan, ularning ba’zilarini derazalardan ko‘rishgan. Aftidan, stansiyani o‘qqa tutish qayta boshlangan, dedi AEXA.

Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, portlashlar Dnipropetrovsk viloyati Marganes aholi punkti hududidan Ukraina Qurolli kuchlari stansiyaning o‘qqa tutishi natijasida sodir bo‘lgan. «19 noyabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari artilleriyasi AES hududini 11 ta yirik kalibrli artilleriya snaryadidan o‘qqa tutdi. 20 noyabr kuni ertalab Ukraina qo‘shinlari AES hududini ikki marta o‘qqa tutdi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo