19:00 / 22.11.2022
1 298

Buyuk Britaniya Ukrainaga yuqori aniqlikdagi raketalar bermoqda

Buyuk Britaniya Ukrainaga yuqori aniqlikdagi raketalar bermoqda
Buyuk Ukrainaga yuqori aniqlikdagi Brimstone 2 raketalarini yetkazib berdi. Bu haqda The Daily Telegraph ma’lum qildi.

Raketalar odatda Britaniyaning Tornado va Typhoon qiruvchi samolyotlaridan uchiriladi. Ammo Ukrainada u yuk mashinalari ustiga joylashtirilgan ko‘chma tizimlar orqali foydalaniladi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya harbiy havo kuchlari 2016 yilda har bir raketa uchun 207 ming dollar to‘lagan. Brimstone 2 samolyotdan uchirilganda 60 km, yer ustidagi tizimlar orqali uchirilganda 12 km masofaga uchib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Rishi Sunak Kiyevga tashrifi davomida yangi harbiy yordam paketi yetkazib berish bo‘yicha va’da bergandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo