date

Dubayda yana bir olamshumul me’morchilik loyihasi amalga oshadi

Dubayda yana bir olamshumul me’morchilik loyihasi amalga oshadi

Mana bir necha yillardan beri afsonaviy Dubay shahri o‘zining lol qoldiruvchi arxitektura qurilishlari va hayratlanarli loyihalarini yaratishda davom etmoqda. Dunyodagi eng hashamatli va ajoyib muxandislik loyihalari aynan shu erda amalga oshirilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kleindeisnt dizaynerlik guruhining navbatdagi me’morchilik loyihasi o‘zining originalligi va hashamdorligi bilan boshqa megapolislardan qolishmaydi. Uning ajralib turuvchi jihati – bino erda emas, Fors ko‘rfazining ustida quriladi.

Majmuada 42ta “Dengiz otlari” deb nom olgan suzuvchi villa mavjud bo‘lib, ular bir qancha yuzlab sun’iy orollardan iborat inson qo‘li bilan yaratilgan “Dunyo” arxipelagi tarkibiga kiradi.

Bino olg‘a harakatlanuvchi suzish platformasida joylashgan. Har bir dengiz otining og‘irligi 200 tonnagacha bo‘lib, turar-joy maydoni 372 kv.metrni tashkil etadi. Shuningdek, bino egasining ehtiyojlariga moslashtirilgan 3ta qavat mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi suv ostida joylashgan bo‘ladi. Shishadan yasalgan devorlar okean va dengiz marjonlari bog‘ining tarovatidan bahra olishga yordam beradi.

















Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda yana bir olamshumul me’morchilik loyihasi amalga oshadi