
Foto: AFP
Italiyaning Iskiya orolida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan ko‘chki qurbonlari soni yetti nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Neapol prefekturasi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yana uch nafar qurbonning jasadi topildi. Avvalroq to‘rt qurbon haqida ma’lum bo‘lgandi.
Halok bo‘lganlar orasida chaqaloq hamda 6 va 11 yoshli ikki bola bor. Besh kishi bedarak yo‘qolgan. Orolda favqulodda holat e’lon qilingan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Italiyaning Iskiya orolida kuchli yog‘ingarchilik ortidan ko‘chki yuz berdi. Oqibatda 7 kishi halok bo‘ldi pic.twitter.com/7UfxuXgxFY
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) November 28, 2022
Tabiiy ofat oqibatida 230 kishi uylaridan evakuatsiya qilingan, 30 ga yaqin uy vayron bo‘lgan. Hodisada yetkazilgan zararni bartaraf etish uchun hukumat 2 million yevro ajratdi.
Italiyada ko‘chki 26 noyabr kuni tongda kuchli yomg‘ir tufayli sodir bo‘lgan. Orolda, meteorologik xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, 120 mm yog‘ingarchilik kuzatilgan. 8 ming aholi istiqomat qiluvchi Kazamichchola-Terme shahriga loy va toshli suv oqimlari kelib tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar