Foto: kolesa.kz
Qozog‘istonda sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning xizmat mashinasi deb atalayotgan noyob S-sinfiga mansub Mercedes 600 avtomobili sotuvga qo‘yildi.
U 1993 yilda ishlab chiqarilgan va 408 ot kuchiga ega 6 litrli V12 dvigateli bilan jihozlangan. Bundan tashqari, B7 sinfiga mansub zirh bilan qoplangan, u yo‘lovchini 7,62×63 mm o‘lchamga ega o‘q-dorilardan himoya qiladi.
Shuningdek, avtomobil kulrang charm salonga ega va yon oynalari motorli pardalar bilan jihozlangan. Old va orqa o‘rindiqlari esa isitiladi. E’londa mashinaning qo‘shimcha sarmoyaga muhtojligi aytiladi, jumladan, vaqt o‘tishi bilan uning oynalari darz ketgan.
Avtomobildan juda kam foydalanilgan, u 29 yil ichida atigi 38 ming km yo‘l bosgan.
Mercedes-Benz 600 SEL avtomobili uchun 25 mln tenge (53 ming dollar) so‘ralmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi