10:09 / 29.11.2022
2 406

Isroil jurnalisti: Qatarning qat’iyati barchani hayratga soldi

Isroil jurnalisti: Qatarning qat’iyati barchani hayratga soldi
Isroillik jurnalist Jeki Xodji qatarliklarning jahon chempionati doirasida o‘z pozitsiyasida qat’iy turgani ko‘plab isroilliklarning hayratiga sabab bo‘lganini tan oldi.

U qatarliklarni “badaviylar” deb atagan bo‘lsa-da, rasmiy Doha FIFA va G‘arbga “tarsaki” tushirganini aytgan. Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, stadionlarda pivo sotishga 75 million dollar to‘lagan Budweiser kompaniyasi Qatarning alkogol sotishga doir taqiqi ortidan inqirozga uchragan.

Qatarliklar G‘arbga “Rimda rimliklardek bo‘ling” degan tamoyilni ko‘rsatdi. Joriy vaziyatda Qatar bu Rim", – degan u.

Xodji Qatar nafaqat yirik sport musobaqasini tashkil etishda katta muvaffaqiyatga egaligini ko‘rsatdi, balki arab va musulmon dunyosidagi qadriyatlarni mustahkamlamoqda. Uning fikricha, LGBT targ‘iboti va alkogolning taqiqlanishi butun dunyodagi musulmonlarning xotirjamligiga sabab bo‘ldi.

Agarda ular alkogolga ruxsat berganda, musulmonlar Qatar hukumatini g‘arbparastlikda ayblagan bo‘lardi. .. qat’iy pozitsiya G‘arbning takabburligi qarshisida Saudiya Arabistoni, Turkiya va Eron kabi davlatlarning oldida Qatarning pozitsiyasini mustahkamlaydi”, — deb qayd etgan jurnalist.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo