09:16 / 30.11.2022
2 257

Xorvatiya prezidenti: «Yevropa Ittifoqi gazni AQSHdan uch barobar qimmatga sotib olishga majbur»

Xorvatiya prezidenti: «Yevropa Ittifoqi gazni AQSHdan uch barobar qimmatga sotib olishga majbur»
Foto: Azertac
Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovichning fikricha, Yevropa Ittifoqi o‘zining energiya bozorini yarata olmadi va endi AQSHdan gazni uch barobar qimmatroq sotib olishga majbur. Bu haqda Xorvatiya milliy HPT telekanali efiriga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.

- Hozirgi vaqtda va umuman olganda, energiya asosiy masala. Yevropa Ittifoqi uzoq vaqtdan beri qandaydir energiya bozorini yaratish haqida illyuziyalarga ega edi, ammo jiddiy harbiy amaliyotni hisobga olgan holda, AQSHdan gazni uch baravar qimmatroq narxda sotib oladi, — deydi Milanovich Zagrebdagi iqtisodiy forumning ochilishida.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Rossiya «yengilmas kuchlar»dir, chunki ularda ma’lum texnologiyalar va ehtiyojlari uchun cheksiz miqdorda energiya mavjud.

Milanovichning aytishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralarga kuchsizroq hamkor pozitsiyasida «tushunish va rahm-shafqat» so‘rash uchun borgan.

Yevropa Ittifoqi davlatlari 2021 yil dekabridan boshlab jahon bozorida gaz sotib oladigan va uni yevropalik iste’molchilarga yetkazib beruvchi konsorsium tuzishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xorvatiya prezidenti: «Yevropa Ittifoqi gazni AQSHdan uch barobar qimmatga sotib olishga majbur»