
Fransiya sudi mamlakatning janubi-g‘arbidagi restoranlarning biriga hijobda bo‘lgan musulmon ayolga kirishni taqiqlagani uchun restoran egasini jarimaga tortdi.
Basklar mintaqasidagi Bayonna shahar sudi 64 yoshli restoran egasi mijozdan ro‘molini yechishni so‘ragani uchun diniy kamsitishda aybdor deb topdi.
Voqea iyul oyida onalar kuni munosabati bilan musulmon ayol o‘g‘li bilan kechki ovqat uchun restoranga borganida sodir bo‘lgan.
Voqeadan olingan kadrlarda ona va o‘g‘ilning restoran eshigiga yaqinlashayotgani ko‘rinadi. Restoran rahbari bo‘lgan ayol esa, musulmon ayolning ro‘molini “o‘rta asrlardan qolgan” deb ikki mijozni kiritmasligini aytgan.
Bo‘yniga diniy ramz, xoch taqib olgan restoran egasi musulmon ayolga “ro‘mol ayollarni bo‘ysundirish quroli” ekanligini aytgan, keyin esa uning ichkariga kirishiga ruxsat bermagan.
E’tirozdan hayratda qolganini bildirgan mijoz politsiya bo‘limiga borib, ularni kamsitishganini aytib, ariza bilan murojaat qilgan.
Fransiyada musulmonlarga qarshi joriy qilingan qonunlar ortidan, ro‘mol o‘ragan ayollar, musulmonlar va islomiy muassasalar hamda masjidlarga qarshi islomofobik va kamsituvchi hujumlar ko‘paydi, shuningdek, musulmonlarga qarshi irqchilik hujumlari kuchaydi.
Yaqinda Grenobl munitsipalitetining mamlakatning jamoat plyajlari va basseynlarida yopiq suzish liboslarini kiyishga ruxsat berish haqidagi qarorini ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin ko‘rsatmasi bilan sud ta’qiqlangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar