
Leningrad viloyatining Gatchina sudi safarbar qilingan Pavel Mushumanskiyning da’vosini qanoatlantirdi va uning harbiy xizmatga chaqirilishini noqonuniy deb topdi, deb ma’lum qiladi "Agora" huquqni himoya qilish guruhi rahbari Pavel Chikov.
Huquq himoyachisining so‘zlariga ko‘ra bu qaror, Rossiya sud amaliyotida birinchi marta bo‘ldi.
Mushumanskiy o‘z da’vosida armiyaga chaqirilishdan bosh tortishini quyidagicha izohladi: "Men tirik odamlarni o‘ldirishga, yo‘q qilishga berilgan buyruqlarni bajara olmayman".
Mushumanskiy yevangelist bo‘lib, ilgari diniy e’tiqodi tufayli Kingisepp psixo-nevrologik maktab-internatida muqobil harbiy xizmatni o‘tagan. “Qisman” safarbarlik e’lon qilingach, u chaqirilib, harbiy qismga jo‘natilgan.
12 oktabr kuni u sudga murojaat qilgan va sud safarbarlik to‘g‘risidagi qarorni ish mazmunan ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘ygan.
Noyabr oyi boshida Beloretsk (Boshqirdiston Respublikasi) sudi Beloretsk temir-po‘lat zavodining 23 nafar xodimining Ukrainadagi urushga safarbar etilishini bekor qilish haqidagi da’volarini qanoatlantirdi.
Po‘lat zavodi ishchilarini xizmatga chaqirgan harbiy ro‘yxatga olish komissiyasi sud qarori ustidan apellyatsiya berish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar