06:56 / 02.12.2022
1 452

AQSHda 10 yoshli bola onasini otib o‘ldirdi

AQSHda 10 yoshli bola onasini otib o‘ldirdi
Foto: Reuters
AQSHning Miluoki shtatida 10 yoshli bola Amazon'dan virtual garnitura xarid qilishiga qarshi chiqqan onasini otib o‘ldirdi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Hodisaning ertasiga bola onasining Amazon'dagi akkauntiga kirib, garnitura uchun buyurtma bergan. Bolaga nisbatan ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirish bo‘yicha birinchi darajali ayblov qo‘yilgan. Hozirda u yoshi tufayli voyaga yetmaganlar izolatorida saqlanmoqda.

U dastlab politsiyaga 21 noyabr mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da onasining yotoqxonasidan qurolni olib, yerto‘lada kir yuvayotgan onasining oldiga borganini aytgan. Bola o‘q otayotganda qurolni barmog‘i atrofida aylantirgan. U bu haqda politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan 26 yoshli opasiga aytib bergan. Ammo bir kundan keyin uning qarindoshlari rasmiylarga murojaat qilgan va bola politsiyaga onasiga ataylab qurol o‘qtalganini tan olgan.

Foto: Google Maps
Bolaning xolasi ertasi kuni uni o‘zi bilan olib ketayotganida jiyanining qo‘lida kalitlarni ko‘radi. Ulardan biri qurol saqlanadigan qutining kaliti bo‘ladi. Shunda ayol jiyanidan otishma haqida so‘raydi. Bola esa qurol o‘qtalganida onasi «Nega bunday qilyapsan? Qurolni tashla», — deya gapirganini eslaydi.

Ta’kidlanishicha, onasining yuziga o‘q uzgandan so‘ng, ertasi kuni bola onasining Amazon akkauntiga kirib, Oculus virtual reallik garniturasini buyurtma qilgan va 7 yoshli amakivachchasiga ham hujum qilgan.

Foto: Getty Images
«Bo‘lgan voqeadan, onamni o‘ldirganimdan afsusdaman», — degan bola.

Xolasi jiyani bu so‘zlarni rahm-shafqatsiz va odatiy holda aytganini ta’kidlagan. Bolaning qarindoshlari uning xatti-harakati, jumladan, 4 yoshida kuchugiga ozor bergani haqida politsiyaga qo‘shimcha ma’lumot bergan. Bundan tashqari, bola olti oy oldin ichida yonuvchi suyuqlik bo‘lgan sharni yoqib, portlash sodir etgani aytilgan. Bola bu harakatlarining sababi sifatida xayoliy ovozlarni eshitgani bilan izohlagan.

Politsiya bolani yana so‘roq qilganda, u qurolni onasiga qaratgani va «qo‘rqitish» uchun devorga o‘q uzmoqchi bo‘lgani, biroq onasini otib qo‘yganini ta’kidlagan.

Bola tergovchilarga yarim avtomatik Glock 43 qurolini qulflangan qutidan olgani, chunki onasi uni ertalab 6:30 emas, balki 06:00 da uyg‘otgani hamda Amazon'dan xarid qilishiga ruxsat bermagani uchun uni otganini aytgan.

Bolaning advokati Anjela Kanningemga ko‘ra, u hali ham ish bo‘yicha ma’lumot to‘plamoqda.

«Bu oilaviy fojia. Menimcha, buni hech kim inkor etmaydi. Kattalar tizimi 10 yoshli bolaning ehtiyojlariga mutlaqo mos kelmaydi», — deydi u.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo