
Indoneziya 100 ta odam yashamaydigan orollardan iborat arxipelagni kimoshdi savdosiga qo‘yishga qaror qilishdi. Bu xabar ekologiya faollarini xavotirga soldi, deb yozadi The Guardian.
«Marjon uchburchagi»da joylashgan «Vidi qo‘riqxonasi» arxipelagini sotish bo‘yicha savdolar 8-14 dekabr kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Arxipelagdagi orollarning umumiy maydoni taxminan 10 gektarga baholangan. Orollarga Bali aeroportidan ikki yarim soatlik parvoz bilan yetib borish mumkin.
Indoneziya qonunchiligiga ko‘ra, chet elliklar mamlakatda orol sotib olishlari mumkin emas, ammo orolning bo‘lajak egasi mahalliy xolding kompaniyasining ulushini sotib olishi mumkin. Kim oshdi savdosida qatnashmoqchi bo‘lganlardan niyatlarining jiddiyligini isbotlash uchun 100 ming dollar depozit talab qilingan.
Vidi qo‘riqxonasi sotilishi haqidagi xabar tabiatni muhofaza qiluvchilarni xavotirga soldi, chunki u qo‘riqlanadigan dengiz hududida joylashgan. Orollarda binolarning qurilishi biologik xilma-xillikka boy ekotizimlarga tahdid soladi. Ularga 700 dan ortiq turdagi marjonlar, shuningdek, ko‘plab suv osti o‘simliklari va hayvonlari yashaydigan tropik va mangr o‘rmonlari va marjon riflari kiradi.
«Bu orollardan sayyohlik faoliyati uchun foydalanilmasligiga qanday ishonish mumkin? Orollar xususiy mulkka aylanganidan keyin mahalliy aholiga kirish imkoni bo‘ladimi?», - deydi mahalliy ekolog Ivan Sofiavan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar