12:53 / 04.12.2022
2 995

Britaniya razvedkasi Baxmutning bosib olinishini Rossiya uchun ahamiyati haqida

Britaniya razvedkasi Baxmutning bosib olinishini Rossiya uchun ahamiyati haqida
Rossiya so‘nggi kunlarda Baxmutga hujumda cheklangan muvaffaqiyatga erishdi. Rus qo‘shinlari shahar janubida Baxmutka daryosi atrofidagi botqoq xududlarga mustahkamlanib olishga harakat qilmoqda.

Buyuk Britaniya harbiy razvedkasi Baxmutning bosib olinishi cheklangan operativ muvaffaqiyat bo‘lishini aytmoqda. Shu bilan birga bu ishg‘ol kelajakda Ukrainaning yirik shaharlariga tahdidga sabab bo‘ladi: gap Kramatorsk va Slavyansk haqida ketmoqda.

Baxmutga bir necha oydan buyon davom etayotgan hujum erishilishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatga nisbatan qimmatga tushdi. Britaniya razvedkasi shaharning egallanishi ko‘proq ramziy ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda.

So‘nggi haftalarda Ukrainaning Baxmut shahri uchun janglari avj oldi. Rossiya shaharning deyarli o‘rab olinganini aytmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya tomonidan asosan "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari harakat qilyapti.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo