
Rossiya 2023 yilda qariyb 124 ming nafar xorijiy ishchilarni jalb qilishni rejalashtiryapti. Rossiya Federatsiyasi hukumatining tegishli qarori normativ-huquqiy hujjatlar internet portalida e’lon qilindi.
“2023 yil uchun Rossiya Federatsiyasiga viza asosida keladigan xorijiy ishchilar jalb qilish uchun talab 123 ming 943 nafar etib belgilansin”, - deyiladi hujjatda.
Qarorga ko‘ra, xorijiy fuqarolarni eng ko‘p quyidagi ishchi mutaxassisliklar bo‘yicha jalb etish rejalashtirilgan:
- tog‘-kon, kapital konchilik, qurilish-montaj ishlarida band bo‘lgan ishchilar uchun kvota – 32 ming 808 kishi;
- yirik va kichik sanoat korxonalarining malakali ishchilariga ehtiyoj – 23 ming 664 kishi;
- metallga ishlov berish va mashinasozlik sanoatiga yana 14 ming 343 nafar xorijlik ishchi sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan;
- Malakasiz ishchi kuchiga ehtiyoj 7,2 mingdan ortiq kishini tashkil etadi.
2023 yilda Rossiyaga kirish uchun taklifnomalar va chet el fuqarolariga ishlash uchun ruxsatnomalar berish kvotasi bir xil miqdorda – 123 943 kishi etib belgilandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar