
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni davom ettirish zarur deb hisoblaydi. Bu haqda Makron CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Interfaks”.
“Men har doim Vladimir Putin bilan muntazam munozaralar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni davom ettirib kelganman, chunki o‘zaro aloqalarni tiklashning eng yaxshi yo‘li to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani saqlab qolish, deb hisoblayman”, dedi Makron.
Makronning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaziyatda izolyatsiya eng yomon yechim hisoblanadi.
"Yechim topishning yagona yo‘li — muzokaralar. Men biror-bir harbiy yo‘l ko‘rmayapman", dedi u Ukraina masalasida Rossiya va Ukraina vakillari bilan norasmiy muzokaralar o‘tkazmayotganini qo‘shimcha qilib.
Makron, shuningdek, Fransiya va G‘arb davlatlari “Rossiyani yo‘q qilish”ga intilmaydi, degan fikrni bildirdi.
"Bizda, Fransiyada hech qachon bunday istak bo‘lmagan", deya qo‘shimcha qiladi Fransiya prezidenti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar