09:43 / 07.12.2022
1 163

Shimoliy Koreyada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga "bomba" deb ism qo‘yilmoqda

Shimoliy Koreyada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga "bomba" deb ism qo‘yilmoqda
Shimoliy Koreyada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga vatanparvarlik ruhidagi yoki inqilobiy ma’noga ega bo‘lgan ismlar qo‘yilishi tobora ko‘payib bormoqda, deb yozadi Daily Mail.

Agar koreys tilidan "Sevimli" yoki "Chiroyli" deb tarjima qilingan oldingi ismlar mashhur bo‘lsa, endi esa jiddiyroq eshitiladigan ismlar urfga kirdi.

Shimoliy Koreyaliklar o‘z farzandlariga Chung Sim (sodiqlik), Chong Il (to‘pponcha), Pok Il (bomba) yoki Ui Song (sun’iy yo‘ldosh) kabi mafkuraviy va hatto militaristik ma’noga ega bo‘lgan vatanparvarlik ismlarini berish odat tusiga kirgan.

Buning bir necha sabablari bo‘lishi mumkin. Birinchidan, rasmiy Pxenyan so‘nggi yillarda ochiqlik siyosatidan voz kechgan va tashqi dunyo bilan deyarli barcha aloqalarni to‘liq uzgan. Shuningdek, unli harflar bilan tugaydigan ismlar KXDR bilan urushayotgan va har tomonlama uzoqlashgan Janubiy Koreyada juda mashhur ekanligi ma’lum.

Ammo so‘nggi paytlarda Shimoliy Koreya rasmiylari bu tendensiyani cheklab, bolalarning ismlari yetarlicha «inqilobiy» bo‘lmasa, ko‘proq mafkuraviy ismlarga o‘zgartirilishini talab qilmoqda.

O‘tgan oydan beri aholi yig‘ilishida… oxirida undoshlarsiz barcha ismlarni to‘g‘rilash to‘g‘risida doimiy ravishda bildirishnomalar chiqarilmoqda. Yakuni undoshga ega bo‘lmagan ismli odamlar inqilobiy standartlarga javob berish uchun yil oxirigacha o‘z ismlariga siyosiy ma’no qo‘shishlari kerak”, degan OAV manbasi.

Qayd etilishicha, hukumat siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ismlarni ishlatmaganlarni jarimaga tortish bilan tahdid qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo