09:00 / 09.12.2022
1 728

Fransiya ta’limdan islomni yo‘q qilmoqchi: Fransiyada musulmonlarning kelajagi bormi?

Fransiya ta’limdan islomni yo‘q qilmoqchi: Fransiyada musulmonlarning kelajagi bormi?
2015 yildan buyon vaziyat unchalik o‘zgarmadi. Liberal musulmonlar boshqa yurtlarga ko‘chishga moyil musulmonlarni “aqlsizlik” va “paranoya"da ayblashda davom etmoqda (ayrim manbalarga ko‘ra, garchi ularning ba’zilari Fransiyani ancha oldin yashirincha tark etgan bo‘lsada).

Fransiyaning yakuniy rejasi Islomni yo‘q qilish, jamoat joylarida (hatto ko‘chada ham) hijobning barcha turlarini taqiqlash va musulmonlarni dindan qaytishga majburlash ekanini bir necha bor ta’kidlagan.

Ular “Fransiyaning niqobni taqiqlashi mumkin emas”, deb o‘ylashgan, lekin bu noto‘g‘ri ekani isbotlandi.

Ular “Fransiya hech qachon voyaga yetmaganlar uchun hijobni taqiqlamaydi”, deb o‘ylashgandi. Bu borada ham xato qilishdi.

Ular “Fransiya hech qachon uyda ta’lim olishni taqiqlamaydi”, deb o‘ylashdi, biroq natija buning aksi bo‘ldi.

Fransiyada musulmonlar uchun tenglik borligi mana shunday ko‘rsatilmoqda. Ularning ta’kidlashicha, ayollarning davlat maktablarida hijob o‘rashiga ruxsat berilmasligi muammo emas, chunki uyda ta’lim olish hamon yechim sifatida ko‘riladi. Hozirgi kunda Fransiyada farzandlarni uyda o‘qitish deyarli imkonsiz.

Averroes o‘rta maktabi 2003 yilda, ba’zi hijobli opa-singillarga davlat maktablarida o‘qish taqiqlanganidan keyin Lillda qurilgan edi. Averroes maktab kengashi o‘z faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun, davlatning muvofiqlik qoidalariga rioya qilish yo‘lida hamma narsani qildi. Oxir-oqibat, maktab a’lo darajada ishladi va 2013 yilda eng yaxshi fransuz o‘rta maktabi, deya tan olindi.

Ularning ajoyib yutuqlariga qaramay, davlat odatda barcha o‘rta maktablar oladigan davlat subsidiyalarini berishdan bosh tortmoqda.

Bu davlat qarori aslida dunyoviy islomofoblarning shafqatsiz tabiatini ko‘rsatadi. Averroes o‘rta maktabi shu yillar davomida respublikachilikka rioya qilish uchun qo‘lidan kelganini qildi, ammo ularga hamon “islomchilar” sifatida qaralmoqda.

Maktab jamoasi 2020 yilda payg‘ambar alayhissalomning karikaturasini darsda namoyish qilgan islomofob Samuel Pati o‘ldirilganida, uning nomini xotirlash uchun pul yig‘ishgacha borishdi. Bularning barchasi ularning Fransiyaga singib ketishga va uning qadriyatlarini qabul qilishga astoydil harakat qilganlarini ko‘rsatadi.

Biroq, bu murosasiz Fransiya uchun yetarli bo‘lmadi.

Endi bularning barchasi ochiq-oydin bo‘lganidan keyin, sizningcha, Fransiya tuprog‘ida islom diniga amal qilish hali ham mumkin, deb ta’kidlayotgan fransuz respublikachi musulmonlarining kelajagi qanday bo‘ladi?

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo