09:49 / 09.12.2022
1 054

Urush boshlanganidan buyon bir milliondan ortiq odam Rossiyani tark etdi

Urush boshlanganidan buyon bir milliondan ortiq odam Rossiyani tark etdi
Ukrainaga qarshi urush va ommaviy harbiy safarbarlik Rossiya hududida SSSR parchalanganidan beri kuzatilmagan dahshatli emigratsiya to‘lqinini keltirib chiqardi.

2022 yilning 9 oyida 1,1 millionga yaqin odam mamlakatni tark etgan bo‘lishi mumkin. Alfa-Bankning Makroiqtisodiy tahlil markazi Rossiya iqtisodiyoti tahlillarida shunday raqamni keltirgan.

Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, uchinchi chorakning o‘zida xorijga chiqayotgan fuqarolar soni 1,2 million kishidan 9,7 million kishiga yetgan. Shu bilan birga, Qozog‘iston va Gruziya chiqib ketishlar soni ortishining ikkita asosiy yo‘nalishi bo‘lgan, bu mamlakatlarga chiqib ketishlar soni mos ravishda 1 million va 400 ming nafarga oshgan.

Emigratsiyaning birinchi to‘lqini hisobga olinsa, fevral va mart oylarida Rossiya iqtisodiyoti 1,5 foiz ishchi kuchidan ajralgan bo‘lishi mumkin, deya hisoblaydi Alfa-Bank. Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning soni taxminan 75 million kishi atrofida.

Bloomberg Esonomics iqtisodchilari yo‘qotishlarni yanada yuqoriroq baholashmoqda. Rossiya emigratsiya natijasida yil oxiriga qadar ishchi kuchining 2 foizi yoki 1,5 million va safarbarlik ortidan 300 ming kishini yo‘qotishi mumkin. Bu iqtisodiyotning potensial o‘sish sur’atini yiliga 0,5% ga kamaytiradi, bu esa urushdan oldingi past darajadagi 1% ning yarmiga teng, deya ogohlantiradi VЕ vakillari.

Urushdan va harbiy xizmatdan qochgan ruslar postsovet mamlakatlaridan panoh topishgan. Headhunter ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya fuqarolari tomonidan Qozog‘istonda ish qidirish bo‘yicha e’lonlar soni 81 foizga, Gruziya va O‘zbekistonda 59 foizga, Qirg‘izistonda 55 foizga, Armanistonda 44 foizga oshgan.

Bu iqtisodiyotda kadrlar yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Bugungi kunda sanoatda mavjud bo‘lgan statistik ma’lumotlarning tarixiga nazar tashlansa (1993 yildan beri) rekord darajaga yetgan, Gaidar instituti so‘rovi shuni ko‘rsatdiki: har uchinchi korxona ishchilar yetishmasligidan shikoyat qilmoqda va har ikkinchisi, ishlab chiqarishni ko‘paytirishga talab ortib borsada, buning imkoni yo‘qligini bildirmoqda.

Demografik ko‘rsatkichlar vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Rossiyada 20 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yosh guruhi 10 yil oldingi 12 million kishigaga nisbatan hozir atigi 7 million kishidan iborat, deya ta’kidlaydi Headhunter tahliliy bo‘limi rahbari Natalya Danina.

"Bu dahshatli raqamlar", deydi u. Bundan tashqari, ko‘pchilik stress tufayli sog‘lig‘ida muammolarga duch kelishi mumkin. Mamlakatda odam yetishmovchiligi yuzaga kelgan” (Bloomberg iqtibosi).

Chet elga chiqib ketayotgan odamlar o‘zlari bilan pul olib ketishadi. Yanvar-sentyabr oylarida Rossiyadan kamida 36 milliard dollar chiqib ketgan, natijada jismoniy shaxslarning xorijiy banklardagi hisob raqamlaridagi mablag‘lari miqdori 66 milliard dollarga yetgan va birinchi marta Rossiya Federatsiyasidagi valyuta hisob raqamlarida saqlanadigan summadan (63 milliard) oshib ketgan.

Migratsiya oqimi xususiy kapital bilan birga chiqib ketadi. E’tiborli jihati shundaki, migratsiya oqimi o‘rta sinfning chiqib ketishini aks ettiradi”, — deydi Alfa Bank bosh iqtisodchisi Natalya Orlova.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo