
Dollarning hukmronlik davri yakuniga yetmoqda, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining Bishkekdagi yig‘inida. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
U YEOII oldida turgan strategik vazifalarni sanab, milliy valyutalarda hisob-kitobga o‘tish shulardan biri ekanini qayd etdi.
“Nima bo‘lmasin ittifoqimizning qon tomir tizimini sog‘lomlashtirish lozim. Men moliyani nazarda tutyapman. Barcha tushunyaptiki: dollarning hukmronlik davri yakunlanmoqda, kelajak hisob-kitoblar milliy valyutalarda amalga oshiriladigan savdo bloklari bilan bog‘liq. Belarus va Rossiya asosiy savdoda dollardan voz kechdi. Boshqa hamkorlar ham bu jarayonga faol qo‘shilishi muhim”, - deydi Lukashenko.
Boshqa strategik vazifalar qatorida u birgalikdagi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, YEOIIning ichki bozorida to‘siqlarni bartaraf etish va ittifoqning xalqaro maydondagi obro‘si hamda raqobatbardoshligini oshirishni sanab o‘tdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar