Foto: APA
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 11 dekabr kuni rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirayotganini aytdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Siyosatchi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham gaplashmoqchi ekanini qayd etdi. U Putin bilan suhbat mavzusi don koridori bo‘lishini aytib, Ukraina rahbari bilan nima haqida gaplashishiga aniqlik kiritmadi. Turkiya prezidenti urushni tugatish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar «urushda g‘olib, tinchlikda esa mag‘lub bo‘lishi mumkin emasligiga» qaratilganini aytdi.
Erdo‘g‘on Rossiya–Ukraina urushi butun dunyoga jiddiy siyosiy, gumanitar va iqtisodiy zarar yetkazganini aytdi va Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.
«Shu bilan birga, Rossiyaga qarshi aqlga sig‘maydigan siyosat orqali mintaqada qarama-qarshiliklarni qo‘zg‘atishga qarshi chiqdik», — dedi u.
Turkiya prezidenti Rossiya va Ukraina prezidentlari bilan bo‘lgan ko‘plab suhbatlar haqida ham gapirdi. Uning ta’kidlashicha, Anqaraning barcha harakatlari Qora dengiz mintaqasida tinchlikka erishishga qaratilgan.
«Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muloqotning Istanbul jarayoni to‘xtatilganiga qaramay, bu platforma haligacha uzoq muddatli tinchlik uchun eng ideal platforma bo‘lib qolmoqda», — dedi Erdo‘g‘on.
Erdo‘g‘on1, Putin1, Zelenskiy1 “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi