20:35 / 10.12.2022
1 107

Qatar va Xitoy rahbarlari strategik hamkorlikni muhokama qilishdi

Qatar va Xitoy rahbarlari strategik hamkorlikni muhokama qilishdi
Saudiya Arabistoni poytaxti Riyoz shahrida Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad va Xitoy rahbari Si Szinpin uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Qatarning QHA axborot agentligi xabar bermoqda.

Muzokaralar Xitoy va arab davlatlarining birinchi sammiti hamda XXR va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, tomonlar Doha va Pekin o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashni muhokama qilgan.

Shuningdek, iqtisodiyot, sarmoya, energetika va sanoatga e’tibor qaratilayotgan keng ko‘lamli masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Bundan tashqari, davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli bo‘lgan mintaqaviy va xalqaro masalalar hamda Riyozdagi ikki sammit kun tartibidagi asosiy masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Si Szinpin Qatar amirini mamlakatda jahon chempionati muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan tabrikladi.

Xitoy Xalq Respublikasi rahbari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yanada rivojlanishiga umid bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qatar va Xitoy rahbarlari strategik hamkorlikni muhokama qilishdi