
Inson huquqlari tashkilotlari Bangladeshda «inson huquqlarining jiddiy buzilishi» dan xavotir bildirgan.
Bir qancha inson huquqlari tashkilotlari, jumladan, “Osiyo o‘lim jazosiga qarshi tarmog‘i” (ADPAN), Maayer Daak (Onalar chaqirig‘i), Osiyo inson huquqlari komissiyasi, Adhikar va Robert Kennedi inson huquqlari jamg‘armasi tomonidan qo‘shma bayonot e’lon qilindi.
Siyosiy murosasizlik, nodemokratik amaliyotlar va inson huquqlari buzilishining oldini olish bo‘yicha samarali institutlarning yo‘qligi Bangladeshda bunday jinoyatnlarni sodir etganlarning “jazosiz qolishi”ga olib keldi, deyiladi qo‘shma bayonotda.
Huquq himoyachilari Bangladeshdagi zo‘ravonlik va odam o‘g‘irlash, suddan tashqari qatl va qiynoqlarga e’tibor qaratdi.
Hujjatda Bangladesh sakkizta yirik xalqaro shartnoma, jumladan, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasi ishtirokchisi ekanligiga urg‘u beriladi.
Inson huquqlari tashkilotlari qo‘shma bayonotda Bangladesh hukumatini mustaqil ixtisoslashtirilgan ish mexanizmini yaratishga, shuningdek, inson huquqlarining qo‘pol buzilishi haqidagi da’volarni tekshirish uchun qurbonlarning oilalari va fuqarolik jamiyati bilan yaqin aloqalarni o‘rnatishga chaqirdi.
Huquq himoyachilari Bangladeshda muxolifat partiyalari yetakchilari va faollariga qarshi reydlar va hibsga olish faktlariga ham e’tibor qaratishdi.
Bangladeshda joylashgan Inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi bosh maslahatchisi Nur Xonning Onado‘li axborot agentligiga aytishicha, huquq faollari mamlakatda yo‘qolganlar bo‘yicha ishonchli va xolis tergov o‘tkazilishini ancha vaqtdan beri talab qilib kelishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar