20:12 / 12.12.2022
1 063

Zelenskiy Ukraina energetika infratuzilmasining 50 foizi vayron qilinganini aytdi

Zelenskiy Ukraina energetika infratuzilmasining 50 foizi vayron qilinganini aytdi
Foto: Getty Images
Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali suhbatda Ukraina energetika infratuzilmasining 50 foizi yo‘q qilinganini aytdi, deyiladi Ukraina prezidenti ofisi xabarida.

Zelenskiy amerikalik hamkasbiga AQSHning Ukrainaga energetika tizimini tiklashda ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorlik izhor qildi va bu boradagi hamkorlikni chuqurlashtirishga umid bildirdi.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti mamlakatning samarali havo hujumidan mudofaa tizimini shakllantirish muhimligini ta’kidladi va AQSHni havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berish hajmini oshirishga chaqirdi. «Bu, ayniqsa, Ukrainada qish mavsumi boshlangan hozirgi pallada muhim», — dedi Zelenskiy.

Oq uy veb-saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, Bayden bunga javoban Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish Vashington uchun ustuvor vazifa ekanini aytgan. Bundan tashqari, Amerika prezidenti Vashington tomonidan Ukrainaning energetika infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash uchun 53 million dollar ajratilishini eslatib, iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirishga va’da bergan.

Ukraina Rossiyaning mamlakat infratuzilmasiga bergan zarbalaridan keyin G‘arb davlatlarini havo hujumidan mudofaa tizimlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga chaqirgandi. Rossiya 10 oktabrdan beri Ukraina obyektlarini doimiy ravishda o‘qqa tutmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukraina energetika infratuzilmasining 50 foizi vayron qilinganini aytdi