22:39 / 12.12.2022
3 225

Eronlik 26 yoshli futbolchi o‘limga hukm qilindi

Eronlik 26 yoshli futbolchi o‘limga hukm qilindi
Foto: «Traktor Tabriz»
Eronlik futbolchi Amir Nasr-Ozodaniy o‘limga hukm qilingan odamlar ro‘yxatiga kiritildi. 26 yoshli futbolchi Mahbuslarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan o‘limga hukm qilingan 28 inson ro‘yxatidan joy olgan.

Amir noyabr oyida politsiya polkovnigi Ismoil Cheragi va «Basij» harbiy tuzilmasining ikki jangchisini o‘ldirishda ishtirok etganlikda gumonlanib, hibsga olingan edi.

Futbolchi va qolgan 27 nafar shaxs «islomiy boshqaruvga qarshi dushmanlik» va «yer yuzida korrupsiyani yoyish»da ayblanmoqda. Biroq qatlning asosiy sababi ularning umummilliy norozilik namoyishlarida faol ishtirok etganlaridir.

Eslatib o‘tamiz, Aminiy Tehronda huquq-tartibot idorasi xodimi tomonidan «hijobni noto‘g‘ri o‘ragani» uchun hibsga olingan va bir muddat politsiya bo‘limida bo‘lganidan so‘ng vafot etgan. Ushbu hodisa mamlakatda norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.

Avvalroq Eron futboli afsonasi Ali Dayi o‘limga hukm qilingani xabar qilingandi.

Nasr-Ozodaniy Eron U-16 terma jamoasi va «Traktor Tabriz» klubidagi o‘yinlari bilan mashhur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronlik 26 yoshli futbolchi o‘limga hukm qilindi