15:42 / 14.12.2022
973

AQSH Serbiya kuchlarining Kosovo shimoliga qaytarilishiga qarshi chiqdi

AQSH Serbiya kuchlarining Kosovo shimoliga qaytarilishiga qarshi chiqdi
Foto: Anadolu
AQSHning G‘arbiy Bolqon bo‘yicha maxsus vakili Gabriel Eskobar Vashington serb kuchlarining Kosovo shimoliga qaytishiga qat’iyan qarshi ekanini ma’lum qildi.

«Biz buni qat’iyan rad etamiz. Buni umuman qo‘llab-quvvatlamaymiz», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Serbiyaning RTS telekanali. Eskobar voqealar bunday rivojlanishini kutmayotganini aytdi.

«Shuni eslatib o‘tishni xohlardimki, Kosovo xavfsizlik sohasida Vashingtondan jiddiy kafolatlar olgan, bu Kosovodagi tinchlikparvar kuchlarda (KFOR) AQSHning ham ishtirokidan namoyon», — deya qo‘shimcha qildi Eskobar.

Kosovoda yana keskinlashuv

10 dekabr kuni, asosan, serblar istiqomat qiladigan Kosovo shimolida barrikadalar paydo bo‘la boshladi, bundan tashqari, aholi chegara punktlariga boradigan yo‘llarni to‘sib qo‘ydi. To‘polonga asli serb bo‘lgan kosovolik politsiyachi Deyan Pantichning hibsga olinishi sabab bo‘lgan. Bir necha kun oldin u va uning ayrim hamkasblari Kosovo politsiyasida xizmatni davom ettirishdan bosh tortgan va Kosovska-Mitrovitsa shahridagi lavozimlarini tark etgandi.

Qisman tan olingan Kosovo hukumati 11 dekabr kuni NATOning Kosovodagi kontingenti qo‘mondonligiga respublika shimolidagi barrikadalarni olib tashlash talabi bilan murojaat qildi. Ular, kechgacha javobni kutishi, talab rad etilgan taqdirda barrikadalarni Kosovo xavfsizlik kuchlari demontaj qilishi mumkinligini ta’kidladi. Shundan so‘ng Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Serbiya Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi.

Vuchich NATO tinchlikparvar kuchlaridan Kosovoga serb harbiylari va politsiyasini joylashtirishga ruxsat berishni so‘ramoqchiligini ma’lum qildi.

Kosovoda 120 mingga yaqin serblar bor, qisman tan olingan respublikaning 1,8 millionga yaqin aholisining katta qismi etnik albanlar, deya eslatdi AFP. Shu bilan birga, Shimoliy Kosovoda (Serbiya avtonom viloyati) aholining aksariyati serblardir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Serbiya kuchlarining Kosovo shimoliga qaytarilishiga qarshi chiqdi