1 821
1 mln litrlik dunyodagi eng katta silindr shaklidagi akvarium yorilib ketdi (foto, video)

Foto: DPA
Berlindagi Dom Aquaree mehmonxonasida dunyodagi eng katta silindr shaklidagi AquaDom akvariumi yorilib ketdi, deb xabar beradi Der Spiegel. U 1 million litr suvni o‘z ichiga sig‘dirgan ed, u yerda esa 1,5 mingta baliq suzib yurardi.
Hodisa oqibatida ikki kishi jabrlandi. Ularga akvarium bo‘laklari tegib yaralagan. Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizildi. Kuchli portlash ovozi eshitilgan, ko‘chaga mehmonxona fasadining bir qismi otilib chiqqan va suv oqib ketgan, deyiladi xabarda.
Still a lot of water coming out #berlin #radissonblu #radisson #hotel #aquarium pic.twitter.com/8ojyFvrH1U
— Larissa (@lararimmer) December 16, 2022
Ayni paytda voqea joyida qutqaruv xizmatlari, jami 100 kishi ish olib bormoqda. Mehmonxona joylashgan Karl-Libknext-shtrasse ko‘chasi yopib qo‘yilgan.

Foto: Reuters
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqeaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Mehmonlar otelni tark etishga majbur bo‘lgan. Yong‘in xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, binoda 350 ga yaqin odam bo‘lgan.
Das #Aquarium #Aquadom in #Berlin-Mitte ist am frühen Freitagmorgen geplatzt. #Polizei und #Feuerwehr sind im Großeinsatz. pic.twitter.com/AGckPrCuzV
— rbb|24 (@rbb24) December 16, 2022
AquaDom akvariumi 2003 yilda ochilgan, loyiha qiymati — 12,8 million yevro. Akvariumning balandligi 16 metr, diametri 11,5 metrni tashkil qiladi. Unda baliqlarning 100 dan ortiq turlari yashagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar