00:13 / 17.12.2022
3 202

Janubiy Sudan prezidenti ommaviy tadbirda ishtonini ho‘llab qo‘ydi (video)

Janubiy Sudan prezidenti ommaviy tadbirda ishtonini ho‘llab qo‘ydi (video)
Afrika qit’asidagi Janubiy Sudan davlati rahbari Salvatore Kiir noxush holatga tushib qoldi. 71 yoshli prezident avtomobil yo‘li ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda mamlakat madhiyasi ijrosi chog‘ida ishtonini ho‘llab qo‘ydi.

Prezident shimi qanday nam bo‘lgani tasvirlangan videolavha Kivu News 24 telekanali efirida namoyish etildi.

Nigeriyalik taniqli senator va huquq himoyachisi Shehu Sani yuz bergan voqeani prezidentning «o‘ta vatanparvarligi» bilan izohladi. Chunki davlat rahbari madhiya paytida hojatxonaga borishni o‘ziga «ep ko‘rmagan». Shuningdek, Sani Janubiy Sudan rahbarida siydik yo‘llari bilan bog‘liq qandaydir kasallik bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmadi.

Janubiy Sudan Respublikasi 2011 yil iyul oyida referendum natijasida Sudan davlatidan ajralib chiqdi. Hozirda u mustaqilligi tan olingan dunyodagi eng yosh davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat aholisi taxminan 12,5 million kishini tashkil qiladi.

Salvatore Kiir Janubiy Sudan mustaqillikka erishganidan beri uning prezidenti bo‘lib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Sudan prezidenti ommaviy tadbirda ishtonini ho‘llab qo‘ydi (video)