21:58 / 17.12.2022
2 353

Rossiya Xerson viloyatidagi qo‘shinlarning bir qismini olib chiqib ketmoqda

Rossiya Xerson viloyatidagi qo‘shinlarning bir qismini olib chiqib ketmoqda
Rossiya armiyasi bosib olingan Xerson viloyatidagi qo‘shinlarning bir qismini olib chiqib ketgani haqida Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi ertalabki xabarlarda ma’lum qilgan.

«Dushman alohida bo‘linmalarni qayta joylashtirmoqda va o‘z qo‘shinlarining bir qismini Kaxovka va Novaya Kaxovkadan Nijniy Serogozi aholi punkti hududiga [Xerson viloyati Genichesk tumanidagi] olib ketmoqda», — deyiladi xabarda.

Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik harbiy xizmatchilar «mahalliy aholi o‘rtasida Kaxovka Rossiya qo‘shinlari tomonidan joriy yil oxirigacha tark etilishi haqida ma’lumot tarqatgan». Shu munosabat bilan ushbu bosib olingan hududlarning ayrim aholisiga Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimga ko‘chib o‘tish taklif qilinmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi o‘z qo‘shinlarining Xerson viloyatidagi joylashuvi, chekinishi yoki qayta joylashtirilishi haqida yangi ma’lumot bermagan.

Noyabr oyida Xerson viloyatining ishg‘olchi «hokimiyati» viloyat poytaxti Xersondan Genichesk shahriga vaqtincha ko‘chirilishi haqida e’lon qilgan edi. Keyinchalik ular bu ma’lumotni rad etib, Xerson «Xerson viloyatining ma’muriy poytaxti» bo‘lib qolganligini aytishdi.

Undan oldin Ukraina Mudofaa vazirligi Xerson mamlakat qurolli kuchlari nazoratiga qaytganini e’lon qildi.

Genichesk kurort va port shahri, mintaqaning janubida, Azov dengizi sohilidagi Arabatskaya Strelka hududida joylashgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo