08:47 / 18.12.2022
985

2022 yilda sayyohlar orasida eng mashhur shaharlar nomi e’lon qilindi

2022 yilda sayyohlar orasida eng mashhur shaharlar nomi e’lon qilindi
Euromonitor tahliliy kompaniyasi 2022 yilda sayyohlar orasida eng mashhur bo‘lgan yuzta shaharni e’lon qildi.

Reytingni tuzishda oltita mezon hisobga olingan: turizm siyosati, barqaror rivojlanish, infratuzilma, salomatlik, xavfsizlik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar.

Bu yil reytingda yetakchi o‘rinlarni Yevropa egalladi – reytingga ushbu qit’aning 40 ta shahri kiritildi.

Fransiya poytaxti Parij ketma-ket ikkinchi yil eng yaxshi shahar deb topildi, yuqori o‘ntalikka Yevropaning sakkizta shahri kirdi. Tahlilchilar buni birinchi navbatda Yevropa bo‘ylab sayohatlarga ruxsat berilgani, kovid cheklovlari yumshatilgani va xalqaro sayohatlarning tiklanishi bilan bog‘lamoqda.

2022 yilda sayyohlar orasida eng mashhur shaharlar (top-10):
1. Parij
2. Dubay
3. Amsterdam
4. Madrid
5. Rim
6. London
7. Myunxen
8. Berlin
9. Barselona
10. Nyu-York

Osiyo mintaqasi koronavirus bilan bog‘liq sayohat cheklovlari tufayli mintaqaviy miqyosda aralash natijalar ko‘rsatdi. Koronavirusdan oldingi davrda Osiyo yo‘nalishlari ro‘yxatda yuqori o‘rinlarni egallagan, unda Hongkong va Bangkok yetakchilik qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2022 yilda sayyohlar orasida eng mashhur shaharlar nomi e’lon qilindi