21:25 / 18.12.2022
820

Afg‘onistonda tunnelda chiqqan yong‘in oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda tunnelda chiqqan yong‘in oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi
Foto: Hasht-e Subh Daily
Afg‘onistonning Parvon viloyati Salang tunnelida yuz bergan yong‘in oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 17 dekabr kuni yuz bergan va hozirgacha to‘liq bartaraf etilmagan. Kechadan beri minglab yo‘lovchilar Salang tunnelining ikki tomonida qolib ketgan. Hodisaga Bag‘londan Kobulga ketayotgan neft tankeri Salang tunnelidan 50 metr uzoqlikda yerga ag‘darilib, yonishi sabab bo‘lgan.

Foto: Aamaj news
Hodisada 32 kishi jarohatlangan, ammo statistik ma’lumotlar o‘zgarmoqda va halok bo‘lganlar soni ortishi mumkin.

4 dekabr kuni Afg‘oniston va Eron o‘rtasidagi umumiy chegarada yong‘in chiqqandi. Oqibatda 20 dan ortiq traktor va bir nechta avtomobili yonib ketgan. Transport egalari esa katta moliyaviy zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar ham bor, yong‘inga traktorning yonishi sabab bo‘lgandi.

21 noyabr kuni Afg‘onistonda yo‘lovchi avtobusi daryoga qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ularning aksariyati bolalar bo‘lgan. Jarohatlanganlar esa 40 kishini, bir bola, ikki ayol hamda 38 nafar erkak, tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda tunnelda chiqqan yong‘in oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi