
Shanba kuni mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil fuqarosi yadro quroli uchun ishlatiladigan maxfiy harbiy qismlarni AQSHdan Rossiyaga olib o‘tishda ayblanib, hibsga olindi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.
Agentlikning ta’kidlashicha, Breyman G‘arbning Ukrainadagi urushi sababli Moskvaga kiritgan sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun Rossiyaga qurol-yarog‘ olib kirish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro josuslik guruhining a’zosi bo‘lgan.
AQSHning CBS axborot tarmog‘iga ko‘ra, Breymanning ayblov xulosasida u “New Hampshire rezidensiyasidan maxfiy harbiy buyumlar va eksport nazorati ostidagi tovarlarni qayta qadoqlash, ularni Yevropa va Osiyodagi yo‘nalish punktlariga jo‘natish uchun post sifatida foydalangan"ekanligini ko‘rsatadi.
AQSH Adliya vazirligiga ko‘ra, Isroil fuqarosi va uning sheriklari aybdor deb topilsa, 30 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarini shu yil boshida boshlab, mamlakatning sharqiy hududlarining katta qismini egalladi. Shuningdek, bu harbiy harakatlar natijasida AQSH va Yevropa Moskvaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar joriy etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar