14:13 / 22.12.2022
1 056

Ukraina tomoni urushda Rossiya 100 ming qo‘shinidan ayrilganini ma’lum qildi

Ukraina tomoni urushda Rossiya 100 ming qo‘shinidan ayrilganini ma’lum qildi
Foto: BBC
Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi 22 dekabr kuni ertalabki hisobotida Rossiya qo‘shinlari bosqin boshlanganidan beri 100 ming kishi, uch ming tank va olti mingga yaqin boshqa zirhli texnikasidan ayrilganini ma’lum qildi.

9 dekabr holatiga BBC Rus xizmati, «Mediazona» va ochiq manba ko‘ngillilari Ukrainada 10 002 rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqlagandi.

Ukraina va Rossiya muntazam ravishda dushman tomonning qurbonlari haqida xabar beradi, lekin o‘zlari haqida kamdan-kam hollarda ma’lumotlarni oshkor qiladi. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiyaning yo‘qotishlari haqida oxirgi marta sentyabr oyida gapirgandi. O‘shanda Shoygu Ukrainada urush boshlanganidan beri 5 937 nafar rus askari halok bo‘lganini aytgan.

Noyabr oyi boshida AQSH shtablari boshliqlari qo‘mitasi rahbari Mark Milli rossiyalik askarlar orasida halok bo‘lgan va yaralanganlar soni 100 ming kishidan oshganini ma’lum qilgan. Uning baholashicha, Ukraina tomoni ham xuddi shunday yo‘qotishlarga uchragan.

Dekabr oyi oxirida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri 100 ming ukrainalik harbiy halok bo‘lgani haqida videomurojaat yo‘llagandi, bir muddat o‘tib videoda Ukraina tomonining yo‘qotishlari haqidagi kadrlar kesib tashlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina tomoni urushda Rossiya 100 ming qo‘shinidan ayrilganini ma’lum qildi