date
views 983

Urush boshlanganidan beri Ukraina 1884 ta aholi punktini ozod qildi

Urush boshlanganidan beri Ukraina 1884 ta aholi punktini ozod qildi
Foto: AP
To‘liq miqyosdagi urush davomida Ukraina Qurolli Kuchlari 1884 ta aholi punktini rus bosqinchilaridan ozod qildi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko ma’lum qildi.

«2022 yil biz qanchalik kuchli ekanimizni ko‘rsatdi. Biz hammamiz – prezident, qo‘shinlar, ko‘ngillilar, davlat. Fevraldan to shu kungacha 1884 ta aholi punkti ozod etildi. Qurolli Kuchlar ortidan u yerlarga darhol Ukraina rasmiylari keldi. Infratuzilmani, elektr energiyasi, suv va gaz ta’minotini, insonparvarlik yordami, davlat xizmatlarini tiklash, pul to‘lovlarini amalga oshirish uchun», deb yozdi u.

Timoshenko so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Ukraina rasmiylari faoliyatidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri bu infratuzilmadir. 15 199 ta obyekt qayta tiklandi, deyarli shuncha obyekt qayta tiklanmoqda. Ukrainaning shimoliy chegarasida transportga qarshi, piyodalarga qarshi va mina-portlovchi to‘siqlar hamda temir-beton uchastkalari qurilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urush boshlanganidan beri Ukraina 1884 ta aholi punktini ozod qildi