842
Braziliya prezidenti inauguratsiyasida portlovchi qurilma va pichoq bilan qurollangan erkak qo‘lga olindi

Foto: Getty Images
Braziliyada politsiya portlovchi qurilma va pichoq bilan prezident Luis Inasiu da Silvaning inauguratsiya marosimiga kirib olmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Reuters mamlakat harbiy politsiyasi vakiliga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, erkak kishi 1 yanvar, yakshanba kuni poytaxt Braziliyada taklif qilingan mehmonlar va tomoshabinlar jam bo‘lgan, inauguratsiya marosimi o‘tkazilayotgan maydonga kirmoqchi bo‘lgan. Politsiya tafsilotlarni oshkor qilgani yo‘q, ammo ushbu shaxs Rio-de-Janeyrodan kelgani, oshpichoq va «pirotexnika uskunasi»ni olib o‘tmoqchi bo‘lgani ma’lum.
Braziliya sobiq prezidenti Lula da Silva oktabr oxirida bo‘lib o‘tgan saylovlarning ikkinchi bosqichida amaldagi davlat rahbari Jair Bolsonaruni mag‘lub etgan edi.
Saylovdan keyin mamlakatda Jair Bolsonaru tarafdorlari ishtirokida tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi.
Bolsonaru 2018 yil kuzida birinchi marta prezident etib saylangan, 2019 yil yanvarida esa lavozimiga kirishgan edi. U o‘zining o‘ta o‘ng va populistik qarashlari, Braziliya harbiy diktaturasiga moyilligi hamda feminizm va LGBT-hamjamiyatlariga qarshi nutqlari bilan tanilgan. Rossiya Ukrainada maxsus operatsiya boshlagach, u Braziliya betaraflik pozitsiyasini egallashini va Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritmasligini ma’lum qildi.
2016 yilda Lula Petrobras davlat neft kompaniyasida korrupsiya va pul yuvish haqidagi ish bo‘yicha 12 yilga hukm qilingan edi. Bu voqea atrofidagi mojaro natijasida 2016 yilda Dilma Russefga nisbatan ham impichment e’lon qilindi. U Lulaning prezident lavozimidagi davomchisi va Ishchilar partiyasi bo‘yicha maslakdoshi edi. Sobiq prezidentning o‘zi, apellyatsiya huquqidan foydalanib, ozodlikda yurgan, 2021 yilda esa Braziliya Oliy sudi unga nisbatan hukmlarni bekor qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar