
Yaponiyadagi Amerikaning harbiy bazasida askar bo‘lgan Jons Timoti Tokio masjidida o‘tkazilgan marosimda kalimai shahodatni aytib, Islomni qabul qildi.
Amerika askari Tokio masjidi xodimlariga musulmon bo‘lishni istayotganini bildirgach, u uchun "Ijtimoiy qabul qilish marosimi" o‘tkazildi.
Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlangan marosimda Tokio masjidi imomi Muhammad Rifat Chinor Jonsga Islom dinining iymon va ibodat asoslarini tushuntirib, dinimiz haqida ma’lumot berdi.

Shahodat kalimasini aytgandan keyin Jons Timotiga dinni qabul qilganlik guvohnomasi, Turkiya muftiyligi tomonidan chop etilgan ingliz tilidagi Qur’oni karimni va islom diniga oid kitoblarni sovg‘a qildi.
Marosimdan so‘ng Jons Islom diniga qanday qilib qiziqib qolganini aytib berdi. Uning aytishicha, bolaligidan nasroniy dinida tarbiyalangan, Iso payg‘ambar unga dinni to‘ldiruvchi iloh sifatida o‘rgatilgan, lekin uning ongi bolalikdan bu ta’limotni qabul qila olmagan.
Keyinchalik Jons Amerika armiyasiga askar sifatida qabul qilingan. Harbiy bazada hatto telefondan foydalanish ham taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, u bir amalab Islom dini haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgan. Harbiy baza tartiblariga ko‘ra, askarlarga ibodat qilishlari uchun cherkov va masjidga borishga ruxsat berilgan. U masjidga borishni tanlagan va u yerda islom dinini chuqurroq o‘rganib, masjid imomi bilan suhbatlar o‘tkazgan.

"Qachon o‘lishimni bilmaganim uchun tezroq musulmon bo‘lishni xohlardim va Tokio masjidiga keldim. Bu yerda shahodat kalimasini aytib, musulmon bo‘lganimdan baxtiyorman”, deydi u.
Tokio masjidi imomi Muhammet Rifat Chinor 2022 yilda uning huzurida 141 kishi musulmon bo‘lganini, ularning 90 foizi yaponiyaliklar, qolgan o‘n foizi esa Amerika, Angliya, Filippin va Vetnam kabi davlat vakillari ekanini aytdi.
Imomning e’tirof etishicha, Yaponiyaning boshqa masjidlarida ham Islomni qabul qilganlar soni ko‘payib, butun dunyoda bo‘lgani kabi Uzoq Sharqda ham odamlarning dinimizga bo‘lgan qiziqishi kundan-kunga ortib bormoqda.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar