
Rossiya harbiylari 1 yanvarga o‘tar kechasi Ukraina shaharlarini o‘qqa tutgan vaqtda, Vladimir Putin Ural tog‘lari ortidagi bunkerda bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.
«Putin Yangi yilni oilasi va bir necha yaqin do‘stlari davrasida nishonladi. Taklif etilganlar orasida Yuriy Kovalchuk va Nikolay Patrushev ham bor», — deydi nashr «General SVR» kanaliga tayanib.
Ta’kidlashicha, Patrushev Kreml rahbarining yangi yil dasturxoniga taklif qilingan hozirgi rejimning yagona vakili hisoblanadi.
«Putin charchagan ko‘rinardi, faqat o‘zi uchun maxsus tayyorlangan parhez pyuresini yedi, bayramona tostlar va suhbatlar asosan urush haqida edi», deyiladi xabarda.
1 yanvar kuni soat kechki birlarda Rossiya prezidenti o‘zini yomon his qilib, mehmonlarga bayramni usiz davom ettirishni taklif qilgani keltiriladi.
«Kechki soat ikkilarda prezident huzuriga navbatchi shifokorlar chaqirildi, u yigirma daqiqaga yaqin prezident oldida bo‘ldi. Bu Rossiya prezidenti va mehmonlar uchun eng qayg‘uli Yangi yil kechasi edi», — ta’kidladi manba.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar