11:17 / 04.01.2023
893

Putin Rossiya kinoteatrlarida «maxsus operatsiya» haqida filmlar namoyish etishni buyurdi

Putin Rossiya kinoteatrlarida «maxsus operatsiya» haqida filmlar namoyish etishni buyurdi
Foto: EPA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Madaniyat vazirligiga Rossiya kinoteatrlarida «maxsus harbiy operatsiya»ga hamda «neonatsistik va neofashistik mafkura tarqalishiga qarshi kurash»ga bag‘ishlangan hujjatli filmlarni namoyish qilishni topshirdi.

Shuningdek, idoraga vatanparvarlik ruhidagi hujjatli kino festivalini tashkillashtirish yuklatildi. Bu haqdagi takliflarni madaniyat vaziri Olga Lyubimova 2023 yil 1 fevralga qadar ishlab chiqishi kerak.

Prezidentning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan askarlar onalari bilan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra tuzilgan topshiriqlarida, shuningdek, Mudofaa vazirligi rossiyalik hujjatli film ustalariga «maxsus operatsiya»da qatnashib, jasorat va qahramonlik ko‘rsatganlar haqida kinematografik material tayyorlashda yordam berishi kerakligi aytiladi.

Bundan tashqari, Madaniyat vazirligi va Ta’lim vazirligi 2023 yil 1 aprelgacha «maxsus operatsiya» ishtirokchilari haqida «jamoat makonlari, art-obyektlar va maktab muzeylari»ni tashkil qilib, Rossiya maktablarida bu mavzuda darslar o‘tkazishi kerak.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo