11:38 / 04.01.2023
1 284

Shimoliy Koreya sobiq tashqi ishlar vaziri va yana besh diplomat chet elga qochib ketmasligi uchun qatl qilingan

Shimoliy Koreya sobiq tashqi ishlar vaziri va yana besh diplomat chet elga qochib ketmasligi uchun qatl qilingan
Foto: EPA
KXDR sobiq tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo va yana besh nafar shimoliy koreyalik diplomat 2022 yilda qatl qilingan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Yaponiyaning Yomiuri gazetasi KXDRdagi manbalariga tayanib xabar berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, shu tariqa, Shimoliy Koreya hukumati diplomatlarning KXDRdan qochib ketish imkoniyatini yo‘q qilmoqchi bo‘lgan.

Manbalar aytishicha, diplomatlar yozda yoki kuzda qatl qilingan. 2003 yildan 2007 yilgacha Li Yon Xo KXDRning Buyuk Britaniyadagi elchisi bo‘lgan. O‘ldirilgan diplomatlarning qolganlari Yon Xo bilan birga Britaniya elchixonasida ishlagan. Janubiy Koreya hukumati Yonhup agentligiga ma’lum qilishicha, ular o‘z kanallari orqali qatllar haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda.

Li Yon Xo 2016—2020 yillarda KXDR tashqi ishlar vaziri bo‘lgan. 2011 yilda u Shimoliy Koreya yadroviy dasturi bo‘yicha olti tomonlama muzokaralarda KXDR nomidan qatnashgan. Diplomat, shuningdek, Donald Tramp prezidentligi davrida AQSH bilan maslahatlashuvlarda ishtirok etgan.

2022 yilda KXDRda yadroviy sinovlar o‘tkazish ko‘paydi. 2022 yil 9 sentyabr kuni navbatdagi sinovlardan keyin Kim Chen In Shimoliy Koreyani yadro davlati deb e’lon qildi.

Avvalroq KXDRda Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi kotibi, KMP Markaziy harbiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Pak Chon Chxon o‘z lavozimidan ozod etilgandi. U mamlakatda nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan harbiy mansabdor hisoblanardi (KXDR yetakchisi, oliy bosh qo‘mondon Kim Chen Indan keyingi).

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo