
AMX-10 RC zirhli transport vositasi
Ukraina birinchi marta g‘arb namunasidagi tanklarni oladi, deb xabar berdi mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy.
«Fransiya Ukrainaga Yevropaning mudofaa yordamini yangi bosqichga ko‘tarmoqda va men prezident Makronga bu yetakchilik uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz ko‘proq zirhli texnika, jumladan, Fransiyada ishlab chiqarilgan g‘ildirakli tanklarni olamiz», dedi Zelenskiy kechki videomurojaatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yelisey saroyi Fransiya Ukrainaga AMX-10 RC zirhli transport vositalarini yetkazib berishi haqida xabar bergan edi, ular «yengil tanklar» deb ham ataladi.
«Bu bizning barcha hamkorlarimizga aniq signal beradi: hozirgacha Ukrainaga g‘arb namunasidagi tanklar yetkazib berilmaganiga hech qanday mantiqiy sabab yo‘q», - deya ta’kidladi Volodimir Zelenskiy.
Ukraina rahbari zamonaviy g‘arb zirhli mashinalari va tanklarini yetkazib berishni 2023 yilda «g‘alaba qozonish uchun asosiy imkoniyat», deb atadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar