
Donbassda yaralangan Rogozin o‘z tanasidan chiqarib olingan Fransiya to‘pi snaryadining oskolkasini Fransiya elchisiga yubordi. Ushbu jo‘natmani sobiq “Roskosmos” rahbari 2 varaq xat bilan birga jo‘natgan.
O‘z xatida Rogozin dastlab Fransiya elchisi Per Levi bilan bo‘lgan uchrashuvi hamda uning Rossiya va Fransiya o‘rtasidan tinchlik sohasida hamkorlik va’dalarini esga olgan.

Dmitriy Rogozin, Fransiya elchisiga maktub
© RIA Novosti (telegram)
Shundan so‘ng esa bugungi kunda Fransiya AQSHning qo‘g‘irchog‘iga aylanib qolgani va Beshinchi Respublika Ukrainaga yetkazib berayotgan qurollari rossiyaliklar umriga zomin bo‘layotganini ham aytib o‘tgan.
“Fransiyaning Caesar gaubitsasidan otilgan 155 mm.li snaryadning ushbu oskolkasi mening yelkamni teshib o‘tib, beshinchi bo‘yin umurqamga, asosiy nerv tolalaridan bir necha millimetr masofada qadalib qolgan edi. Jarrohlar mo‘jiza tufayli mening bir umr paralich bo‘lishdan saqlab qolishdi. Mening yonimda bo‘lgan ikki yosh yigit esa qurbon bo‘ldi. Esingizdami Baykonurda siz ularning qo‘lini siqib salomlashgan edingiz?” – deb yozadi Rogozin.
Rogozin Fransiya elchisidan ushbu oskolkani prezident Emmanuel Makronga yetkazishni so‘ragan.
Va shuningdek, unga Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa NATO davlatlarining Donbassdagi harbiy jinoyatlari uchun javobgarlikdan hech kim qutulolmasligini aytib qo‘yishni tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz “Roskosmos” sobiq rahbari Dmitriy Rogozin 22 dekabr kuni Dones yaqinidagi mehmonxonaga snaryad tushishi oqibatida yaralangan edi. Keyinchalik yaralangan sobiq amaldor Moskvaga olib kelingan va jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar