15:33 / 07.01.2023
254

Finlandiya Leopard 2 jangovar tanklarini Ukrainaga topshirishga tayyor

Finlandiya Leopard 2 jangovar tanklarini Ukrainaga topshirishga tayyor
Foto: Reuters
Finlandiya hukumati Leopard 2 jangovar tanklarini Ukrainaga topshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda va agar umumevropa darajasida bunday amaliyotni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, bunga tayyor bo‘ladi.

Bu haqda Milliy mudofaa qo‘mitasi rahbari Antti Hakkyanen. Finlandiyaning MTV Uutisille telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Albatta, bizning hissamiz unchalik katta bo‘lmaydi, chunki Rossiya bilan chegaradosh davlat sifatida o‘z mudofaa qobiliyatimiz biz uchun doimo ustunlik qiladi», dedi Hakkyanen.

Shu bilan birga, u Yevropaning ko‘plab davlatlarida Finlandiyaga qaraganda zirhli texnika yetkazib berish imkoniyatlari ko‘proq ekanligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo