
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z qo‘shinlariga pravoslav Rojdestvo bayrami munosabati bilan 36 soat o‘t ochmaslikni buyurganiga qaramay, Rossiya va Ukraina artilleriyasi Ukrainaning urushdan vayron bo‘lgan sharqidagi nishonlarni o‘qqa tutishda davom etmoqda.
Moskva o‘z kuchlariga Rojdestvo bayramida tushdan boshlab bir tomonlama sulhga rioya qilishni buyurganidan so‘ng, juma kuni Ukrainaning Baxmut shahri, Kremennaya shaharchasi, Donetsk va Lugansk viloyatlarining aholi yashaydigan joylari yana o‘qqa tutilgani haqida xabarlar kelmoqda.
Rossiya raketalari Xerson va Kramatorsk shaharlaridagi aholi turar-joylariga, jumladan, sulh vaqti - Moskva vaqti bilan kunduzi soat 09:00 dan avval otilgan.
"Qaysi "o‘t ochishni to‘xtatish" haqidagi qarorni aytyapsiz? Mana bu tovushni eshityapsizmi?", degan ukrainalik askar Reuters agentligiga Kremennaya frontida uzoqdan portlash ovozi eshitilayotgan paytda.
"Ular otishmani davom ettirish orqali nimaga erishmoqchi, tushunmayman. Lekin ularga ishonmaslikka o‘rganib qoldik", deydi askar.
Kremennayadagi Ukraina kuchlari ham tanklardan javob qaytardi. Franc Pres muxbirlari Rossiya o‘t ochishni to‘xtatdi, deb o‘ylaganidan keyin ham Baxmut shahrida hujum va unga javoban o‘q ovozlarini eshitgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z qo‘shinlari Moskva vaqti bilan tushdan boshlab “butun front chizig‘i bo‘ylab” o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qila boshlaganini bildirdi, biroq Ukraina aholi punktlari va harbiy pozitsiyalarni o‘qqa tutishda davom etayotganini aytdi. Baxmut politsiyasi xodimi Pavel Dyachenko rus askarlari o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga rioya etgan taqdirda ham, bu shahardagi tinch aholi uchun biror ahamiyatga ega bo‘lishiga ishonmasligini aytdi.
“Cherkov bayrami ular uchun nimani anglatishi mumkin? Ular kechayu-kunduz o‘q uzmoqda, deyarli har kuni odamlar halok bo‘lmoqda”, dedi u.
Rossiya tomonidan bosib olingan Donetsk viloyati poytaxtida ham rus qo‘shinlari otishmani to‘xtatmagani haqida guvohlik berishmoqda.
Ukrainaning frontdagi sharqiy Lugansk viloyati gubernatori Sergey Gaydayning aytishicha, “o‘t ochishni to‘xtatish vaqti”ning dastlabki uch soatida ruslar Ukraina pozitsiyalariga 14 marta o‘q uzgan va bir aholi punktiga uch marta bostirib kirgan.
Rossiya qo‘shinlari juma kuni Ukraina janubidagi Xerson shahridagi o‘t o‘chirish stansiyasini muddatidan oldin o‘qqa tutgani oqibatida bir qutqaruvchi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari yaralandi, dedi viloyat gubernatori.
Vaqtinchalik sulh boshlanishidan biroz oldin, sharqdagi front chizig‘iga yaqin bo‘lgan Kramatorsk shahridagi turar-joy binosiga raketalar kelib tushdi va 14 ta uyga zarar yetkazdi, ammo qurbonlar bo‘lmagan, ko‘p odamlar qutulib qolgan.
"Bu yomon, juda yomon", dedi hujum paytida tashqarisiga qochib chiqqan 36 yoshli fuqaro Aleksandr. "Bu nafaqat bayramlarda, balki har kuni sodir bo‘ladi", deya qo‘shimcha qildi fuqaro.
Payshanba kuni Kreml 36 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qilgan edi, garchi Kiyev bir tomonlama harakatlarga rioya qilmasligini aytgan bo‘lsa-da, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy buni Putinning Ukrainaning oldinga siljishini sekinlashtirish va Rossiyaga o‘z kuchlarini qayta to‘ldirish imkoniyatini berish maqsadida qilgan hiylasi deb atagan.
Moskvaning Ukrainadagi urushi tarafdori bo‘lgan Rus pravoslav cherkovi 7 yanvar kuni Rojdestvoni nishonlashini e’lon qilgan. Ukrainadagi asosiy pravoslav cherkovi Moskva hukmronligini rad etdi va ko‘plab ukrainalik dindorlar G‘arbdagi kabi Rojdestvoni 25 dekabrda nishonlash uchun taqvimlarini o‘zgartirdilar.
AQSH Davlat departamenti Rossiyaning juma kuni davom etayotgan zarbalari o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi "bema’ni" hiyla ekanini isbotladi, deb aytdi.
Fransiya tashqi ishlar vazirligi esa buni Moskvaning urushdagi ayblaridan e’tiborni chalg‘itishga qaratilgan "qo‘pol" urinish, deb atadi.
Yevropa Ittifoqining eng yuqori martabali diplomati juma kuni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi “ishonchli emas”ligini aytgandi.
“Kremlga mutlaqo ishonch yo‘q va bir tomonlama o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bu bayonotga ishonib bo‘lmaydi”, dedi Yevropa Ittifoqi tashqi siyosati rahbari Xosep Borrel Marokashga tashrifi chog‘ida.
Butun Ukrainada e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish qaroriga nisbatan shubhalar keng tarqalgan edi.
“Ularga hech qachon ishonib bo‘lmaydi, hech qachon... Nima va’da berishsa ham, bajarmaydi”, deydi mamlakat janubidagi urushdan vayron bo‘lgan Nikolay port shahridan 46 yoshli Yelena Fedorenko ismli ayol.
Putin shanba kuni pravoslav Rojdestvo marosimida boshqa dindorlar bilan ommaviy bayramda birga bo‘lish o‘rniga vaqtini Kreml soborida o‘tkazdi.
Rossiya RIA axborot agentligining xabar berishicha, Putin uzoq yillar davomida birinchi marta Rojdestvo bayramini poytaxt yaqinida emas, balki Moskvada nishonlagan.
Pravoslav ruhoniylari “Ilohiy liturgiya” deb nomlanuvchi yarim tunda bo‘lib o‘tadigan marosimni nishonlayotgan paytda, Rossiya davlat televideniyesi Putinning bezatilgan Blagoveshenskiy soborida yolg‘iz turgani tasvirlangan ikkita videoyozuvni jonli efirda namoyish etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar