date
views 749

Ukrainada «Vagner» tarkibida retsidivist qotillar jang qilgani aniqlandi

Ukrainada «Vagner» tarkibida retsidivist qotillar jang qilgani aniqlandi
“Agentstvo” nashri hamda BBB rus xizmati jurnalistlari o‘tkazgan surishtiruvlar natijasida, “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi egasi Yevgeniy Prigojinning so‘zlariga ko‘ra Rossiya hukumati tomonidan avf etilgan bir necha retsidivist o‘g‘rilar, narkotikfurushlar va qotillar borligi aniqlangan.

Jurnalistlar tomonidan aniqlangan barcha mahbuslar Sankt-Peterburg yoki Leningrad viloyati aholisidir.

Jumladan, “Agentstvo” nashri jurnalistlari Prigojinning "Vagner" sobiq mahbuslari bilan birga tushgan suratida veterinar Dmitriy Karavaychik borligiga e’tibor qaratdi. U 2019 yil iyul oyida “amfetaminlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jinoiy guruh tuzgani uchun” 17 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilingan edi. Sud qaroriga ko‘ra, Karavaychik giyohvand moddalar ishlab chiqarish, uning rafiqasi Diana Gribovskaya esa xaridorlarni qidirish bilan shug‘ullangan. So‘ngra uning ayoli ham 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Nashr jurnalistlari tomonidan aniqlangan yana bir mahbus Aleksandr Suyetov bo‘lib, u 2020 yilda Sankt-Peterburgdagi zargarlik do‘konlariga bosqin uyushtirgan jinoiy guruh tashkilotchisi sifatida qattiq rejimli koloniyada 10 yilga qamalgan.

“Agentstvo” jurnalistlari, shuningdek, "Vagner" tomonidan yollangan yana ikki mahbusni - Denis Kinev va Stanislav Usachevni aniqladi. Kinev, nashrga ko‘ra, 2011 yilda talonchilik uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan, Usachev esa 2016 yilda mashina o‘g‘irlagani uchun bir yilu bir oyga qamalgan.

O‘z navbatida, VVS Rus xizmati jurnalistlari, avf etilgan mahbuslar orasida qotilligi uchun bir necha marta sudlangan Anatoliy Salmin ham borligini aniqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevgeniy Prigojin Ukrainadagi urushga jalb qilingan va olti oylik shartnoma bo‘yicha xizmatni tamomlagan birinchi guruh mahbuslari afv etilgani haqida xabar bergandi. Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, ulardan sudlanganlik olib tashlangan. Shuningdek, u Ukrainadagi jangovor harakatlarda qatnashgan sobiq mahbuslarning ko‘pchiligi tinch hayotga moslasha olmagani va muammolarga duch kelgani uchun “tasodifan yoki o‘zi xohlamasdan” qamoqqa tushganini ta’kidladi.

Bir necha oydan beri Rossiya Ukrainadagi urushga mahbuslarni, shu jumladan, og‘ir va ayniqsa og‘ir zo‘ravonlik jinoyatlari: qotillik, talonchilik, jinsiy zo‘rlash uchun sudlangan mahbuslarni yubormoqda. Bir muncha vaqt oldin, Yevgeniy Prigojinning shaxsan yollash bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘lgandi. U Rossiyaning Yevropa qismidagi qamoqxonalarga borib, mahbuslarni Ukrainaga borishga undagan. Bu amaliyot huquq himoyachilarida ko‘plab savollar tug‘diradi, ayniqsa, frontga yollangan mahbuslar olti oylik jangovar harakatlardan omon qolsa, afv etilishi va’da qilingan.

Xususan, huquq faoli, Prezident huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Eva Merkachevaning ta’kidlashicha, hozirda mahkumni ozod qilishning atigi uchta yo‘li bor: “Birinchisi, prezident farmoni bilan amalga oshiriladigan afv etish akti. Ikkinchisi, Davlat Dumasining qarori bilan amnistiya. Uchinchisi, shartli ravishda ozod qilish yoki mahkumga tayinlangan jazoning bir qismini boshqa, masalan, axloq tuzatish ishlari bilan almashtirish to‘g‘risidagi sud qarori. Ammo bu qism, masalan, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat qilish evaziga koloniyadan ozod qilishni bildirmaydi. Bunga ruxsat yo‘q".
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada «Vagner» tarkibida retsidivist qotillar jang qilgani aniqlandi