00:13 / 14.01.2023
824

AQSH hukumati 500 dan ortiq noma’lum uchar jismlarni o‘rganmoqda: ular qanday xavf tug‘diradi?

AQSH hukumati 500 dan ortiq noma’lum uchar jismlarni o‘rganmoqda: ular qanday xavf tug‘diradi?
AQSH hukumati 510 ta noma’lum uchar jism haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda, bu 2022 yilga nisbatan uch baravar ko‘p. Bu haqda ABS News xabar berdi.

AQSH Milliy razvedka direktorining 2022 yilgi hisobotida aytilishicha, 2021 yil iyun oyidan beri noma’lum anomal hodisalar haqida 247 ta hisobot taqdim etilgan. So‘nggi 17 yil ichida eski videoyozuvlarda 119 ta holat kuzatilgan. Biroq 510 ta hisobot hali o‘rganib chiqilmagan. Yangi ma’lumotlarning aksariyati AQSH dengiz floti va havo kuchlari uchuvchilaridan keladi. Ularning 200 ga yaqini havo sharlari, dronlar, ob-havo hodisalari va havodagi plastik qoplarni o‘zi ichiga olgan.

Ammo o‘rganilmagan noma’lum uchar jismlar Pentagon, AQSH razvedka xizmatlari va NASAning diqqat markazida. Ular noma’lum uchar jismlar razvedka apparatlari bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqadi.

«Noma’lum uchar jismlar AQSH Harbiy-havo kuchlari parvozlariga xavf tug‘dirishda davom etmoqda va dushman ma’lumotlarini yig‘ish uchun potensial xavf tug‘dirishi mumkin», — deyiladi hisobotda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo